
Madridning "Real" klubining sobiq hujumchisi Karim Benzema Xabi Alonsoning jamoada duch kelayotgan qiyinchiliklari haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik murabbiy so‘nggi muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli "qirollik klubi"dagi ishidan ayrilishi xavfi ostida qolmoqda.
"Alonso bu vaziyatda ko‘p narsa qila olmaydi – uning tarkibi juda kuchli va u eng yaxshi futbolchilarni maydonga tushirishi kerak. Bu murakkab masala.
Har bir yulduzning o‘ziga xos e’gosi bor. Murabbiy sifatida doim futbolchilar bilan aloqada bo‘lish va har biri jamoaga foyda keltira olishini tushuntirish juda muhim.
Muammo shunda paydo bo‘ladi, agar jamoada kimdir sendan ko‘p gol urayotganini qabul qila olmasang. Bu holat ayniqsa yulduz futbolchilar ko‘p bo‘lgan jamoalarda yuzaga chiqadi", – dedi Benzema L'Equipe nashriga bergan intervyusida.
Hozirda u Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubida faoliyat yuritmoqda. Yakshanba kuni "Alaves"ga qarshi o‘yin "Real Madrid" uchun Xabi Alonsoning bosh murabbiy sifatidagi oxirgi o‘yini bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.