
"Inter Mayami" klubi yarim himoyachi Rodrigo de Paulning transfer huquqini sotib oldi. Bu haqda MLS ligasining rasmiy saytida xabar berildi.
Tez orada "Inter Mayami" rasmiy bayonot bilan chiqishi kutilmoqda, unda 31 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnomaning muddati haqida ma’lumot beriladi. Yozgi transfer oynasida "Inter Mayami" argentinalik futbolchini Madridning "Atletiko" klubidan ijaraga olgan edi.
O'shandan beri de Paul MLS chempionatida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, "Inter Mayami" yaqinda MLS kubogini qo'lga kiritdi.
Finalda Lionel Messi, Rodrigo de Paul va jamoa boshqa a’zolari "Vankuver" klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.