date

Arne Slot nega Salohni "Inter"ga qarshi o‘yindan chetlatganini aytdi

Arne Slot nega Salohni "Inter"ga qarshi o‘yindan chetlatganini aytdi

"Liverpul" bosh murabiyi Arne Slot jamoasining hujumchisi Muhammad Salohning Yevropa Chempionlar Ligasida "Inter"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmasligini yoritdi. Slotning ta’kidlashicha, bu qarorning qabul qilinishida u ham ishtirok etgan, chunki u klubning bir qismi hisoblanadi va sport direktori Richard Xyuz bilan doimiy aloqada.

"Klubning bir qismi sifatida bu qarorning chiqarilishida men ham ishtirok etdim. Klub rahbariyati bilan doimiy aloqadaman, lekin o‘yinga kimlarni olib ketish yoki qo‘ymaslik borasidagi so‘nggi qarorni men chiqaraman. Lekin bu men klub sport direktori Richard Xyuz bilan gaplashmayman degani emas. Tarkib borasidagi yakuniy qarorni men qabul qilaman. Doimo shunday bo‘lib kelgan" — dedi Slot.

Muhammad Saloh, avvalroq, "Liverpul" va bosh murabiyga nisbatan bir qator tanqidlar bildirgandi. Shuning uchun, u "Inter"ga qarshi o‘yinda qaydnomadan chetlatildi. Ushbu qaror "Liverpul"ning ichki jarayonlariga nisbatan kayfiyat yoki kelishmovchiliklarning bir ifodasi sifatida qaralmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot nega Salohni "Inter"ga qarshi o‘yindan chetlatganini aytdi