Real futbolchilari Alonso uchun kurashga tayyor

Madridning "Real" futbolchilari bosh murabbiy Xabi Alonsoni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Ma’lum qilinishicha, uning iste’foga chiqarilishi xavfi mavjud.
Turli manbalarning xabar berishicha, yakshanba kuni "Alaves"ga qarshi o‘yin ispaniyalik murabbiy uchun "Qirollik klubi"dagi so‘nggi uchrashuv bo‘lishi mumkin. AS nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Real" futbolchilari o‘z xatolarini anglab yetgan va vaziyat uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga tayyor.
Jamoa murabbiyni qo‘llab-quvvatlash uchun oxirigacha kurashadi va uning iste’fosiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bor kuchini ishga soladi. So‘nggi o‘yinda "Real" "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Madrid klubi oxirgi sakkizta o‘yinining atigi ikkitadan g‘alaba qozongan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing