
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tib, o‘zining ajoyib o‘yini bilan barchani hayratda qoldirishda davom etmoqda. Biroq u o‘z vaqtida «Milan» o‘rniga «Napoli» safida ham to‘p surishi mumkin edi.
Bu haqda «Napoli» klubining sobiq sport direktori Pierpaolo Marino o‘z fikrlarini bildirdi. "Unga 18 yosh bo‘lganida biz unga qiziqish bildirgan edik.
Men uni 'Napoli'da ko‘rishni xohlardim. Lekin byurokratik muammolar sabab uni taklif qilishning imkoni bo‘lmadi.
Luka Modrich o‘rniga biz Marek Gamshikni transfer qildik", – deydi Marino pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Marek Gamshik "Napoli" safida jami o‘n ikki yil davomida to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.