Girona safarda ikki yildan keyin ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Girona safarda ikki yildan keyin ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Ispaniya chempionatining o‘n oltinchi turidan o‘rin olgan bahslarda "Girona" safarda "Real Sosyedad" jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuv San-Sebastyanda bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar dastlabki bo‘limni 1:0 hisobida o‘z foydasiga yakunlagan edi.

Biroq, ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar o‘yinni burib, 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu g‘alaba "Girona" jamoasi uchun o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Zero, ular so‘nggi marta safarda, mag‘lubiyatdan so‘ng o‘yinni o‘z foydasiga hal qilib, 2023-yilning noyabr oyida "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Mazkur o‘yin Madrid shahri yaqinida bo‘lib o‘tgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar