
Yuventus futbol klubi bosh direktori Jon Elkan kriptovalyuta kompaniyasi Tetherning Turin klubini sotib olish niyatiga munosabat bildirdi. Avvalroq, Tether kompaniyasi klubning 65,4 foizlik aksiyalari uchun 1,1 milliard yevro taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.
Jon Elkan bu xabarlar yuzasidan shunday dedi: "Bu klub bizning oilamizning bir qismi. Bir asr davomida to‘rt avlod uni rivojlantirdi, mustahkamladi va qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatladi, ko‘plab baxtli onlarni nishonladi.
Bizning tariximiz, qadriyatlarimiz sotilmaydi." Hozirda Yuventus Italiya chempionati jadvalida 14 turdan so‘ng 23 ochko to‘plab, yettinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.