
Argentinada futbol atrofida shov-shuvli mojaro yuzaga keldi. Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) va uning prezidenti Klaudio Tapiya jiddiy qoidabuzarliklarda ayblanmoqda: xususan, mablag'larni o'zlashtirish hamda soliq to'lamaslik.
Marca va boshqa xalqaro OAV xabariga ko'ra, FIFA vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Agar tekshiruv jarayonida mahalliy hokimiyat futbol assotsiatsiyasi ishlariga aralashayotgani tasdiqlansa, FIFA sanksiyalar qo'llashi, hatto Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari safidan chiqarib tashlashi ham mumkin.
Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. FIFA ham Lionel Messi boshchiligidagi jamoaning navbatdagi mundialda qatnashmay qolishini istamasligi aniq.
Shu bois masala eng keskin chora ko'rishgacha borib yetishi ehtimoli katta emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.