
PSJ darvozaboni Matvey Safonovning ilk murabbiyi Aleksey Chistyakov Liga 1ning 16-turida «Mets»ga qarshi o'yinda (3:2) futbolchining harakatlari haqida fikr bildirdi. Chistyakovning aytishicha, rossiyalik posbon start tarkibdan joy olish borasidagi raqobat sabab doimiy bosim ostida.
Murabbiy Safonovning kelgusidagi o'yin amaliyoti ko'p jihatdan Lyuk Shevalyeninng holatiga bog'liq bo'lishini ta'kidladi. «Sport tamoyiliga ko'ra Safonov asosiy tarkibda o'ynashi kerak.
Men Matvey Shevalyendan kam deb aytolmayman. Aftidan, fransuzning shartnomasida doim startda o'ynashiga oid band bo'lgan», — deya Chistyakovning so'zlarini Metaratings.ru keltiradi.
Chistyakov Safonov so'nggi uchrashuvlarda o'zini ishonchli ko'rsatayotganini ham qayd etdi. Uning fikricha, «Atletik»ka qarshi bahs darvozabon uchun baholashlar bo'yicha eng yaxshi o'yinlardan biri bo'lgan.
«Mets»ga qarshi uchrashuv Safonov uchun joriy mavsumdagi uchinchi o'yin bo'ldi. U shu uchrashuvlarning ikkitasida darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.