PSJ yil davomida 49 g'alaba bilan klub rekordini yangiladi

Fransiya chempionati 16-tur uchrashuvida PSJ turnir autsayderi «Mets»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Bu g'alaba parijliklar uchun yakunlanayotgan taqvim yilida barcha musobaqalar hisobida 49-g'alaba bo'lib, klub tarixidagi yangi rekord sifatida qayd etildi.
Avvalgi rekord 2017 yilda o'rnatilgan bo'lib, o'shanda PSJ yil davomida 48 ta o'yinda zafar quchgan edi. 2015 yilda esa jamoa bir yil ichida 45 ta g'alaba qayd etgan va bu ko'rsatkich klub tarixidagi uchinchi natija hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, PSJ Fransiyaning amaldagi chempioni, shuningdek, Yevropa futbolidagi eng nufuzli sovrin — Chempionlar ligasi g'olibi hamdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing