date

«Real» Kamavinga bo‘yicha anik qaror qabul qilish arafasida

«Real» Kamavinga bo‘yicha anik qaror qabul qilish arafasida

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing kelajagi yaqin oylarda hal bo‘lishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati fransuz futbolchisi bilan xayrlashish variantlarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Bunday qarorga asosiy sabab sifatida Kamavinganing tez-tez jarohat olishi ko‘rsatilmoqda. Klub tibbiy shtabi va rahbariyati futbolchining jismoniy holati kelajakda barqaror o‘yin namoyish etishiga xavf solishi mumkin, degan xulosaga kelgan.

«Real» rahbariyati Kamavinga uchun taxminan 100 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Agar shunday mablag‘da kelishuvga erishilsa, sotuvdan tushgan pul yangi yarim himoyachilarni jalb etishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Klub markaziy liniyani yangilash va raqobatni kuchaytirishni ustuvor vazifa sifatida belgilab olgan.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Eduardo Kamavingaga Fransiyaning PSJ klubi hamda Angliya Premer-ligasining bir qator yetakchi jamoalari jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Bu esa transfer bozorida fransuz xavbek atrofidagi kurash yanada qizishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Qisqasi, «Real»da katta o‘zgarishlar shamoli esmoqda. Kamavinganing taqdiri esa yaqin vaqt ichida Yevropa futbol bozoridagi eng qiziq mavzulardan biriga aylanishi aniq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real» Kamavinga bo‘yicha anik qaror qabul qilish arafasida