Grizmann kelajagi haqida: Atletiko bilan chempionlikni istayman

Grizmann kelajagi haqida: Atletiko bilan chempionlikni istayman
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann kelajagi borasidagi mish-mishlarga qaramay, e'tiborini hozirgi jamoasiga qaratganini aytdi. Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi "matraschilar"ning asosiy tarkibidan tez-tez joy ololmayapti.

OAVda esa 34 yoshli hujumchining yaqin orada MLSga yo'l olishi mumkinligi haqida uzoq vaqtdan beri gap-so'zlar yuradi. Grizmanndan kelajagi haqida so'ralganda u qisqa javob berdi: "Mening kelajagim?

Atletiko bilan chempionlik", deya uning so'zlarini Atletico Universe keltirdi. Ushbu mavsumda Grizmann Diyego Simeone jamoasi safida 23 o'yinda 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Tajribali futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar