Karim Benzema «Lion»ga qaytish ehtimoli haqida gapirdi

«Oltin to'p» sohibi, fransiyalik hujumchi Karim Benzema faoliyatini boshlagan «Lion» klubiga qaytishga tayyormi-yo'qligi borasida fikr bildirdi. «Aniq aytish qiyin: qaytishim mumkinmi, yo'qmi.
Futbolda oldindan reja qilib bo'lmaydi. Ehtimol, hammasini qanday bo'lsa shunday qoldirgan ma'qul.
«Lion»ga boshqa rolda yordam berishim ham mumkin, ammo jamoa safida o'ynash masalasini bilmayman», — deya 37 yoshli hujumchining so'zlarini L’Equipe nashri keltirdi. Benzema «Lion» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Benzemaning klub bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil iyun oyi oxirida yakunlanadi.
Uning bozor qiymati 7 million yevroga baholanmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Futbolda oldindan reja qilib bo'lmaydi. Ehtimol, hammasini qanday bo'lsa shunday qoldirgan ma'qul.

Izohlar 0
…