
«Real Sosyedad» bosh murabbiyi Serxio Fransisko lavozimini tark etdi. Arsen Zakaryanning vakili Gennadiy Golubin murabbiy almashinuvi rossiyalik yarim himoyachining kelajagiga qanday ta'sir qilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Golubinning aytishicha, hozircha Zakaryanning istiqbollari haqida aniq xulosa qilishga erta. «Hozir nima haqida gapirish mumkin, agar iste'fo endigina bo'lgan bo'lsa?
Futbolchilarni murabbiy emas, klub sotib oladi. Futbolchilar klubning aktivi.
Murabbiy kelsa, nima — butun jamoani almashtiradimi?» — deya uning so'zlarini «RIA Novosti Sport» keltiradi. 2025/2026 yilgi mavsumda Arsen Zakaryan 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Hozirda «Real Sosyedad» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.