date

Flik Kundeni 30 million yevroga qo'yib yuborishi mumkin


Futbol olamidagi transfer mish-mishlari orasida kutilmagan xabarlar ham uchrab turadi. Yaqinda Chempionlar ligasida «Ayntraxt»ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan Jyul Kunde borasida Transfer News Live nashri El Nacional manbasiga tayanib, «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik fransiyalik himoyachiga bo'lgan ishonchini yo'qotayotgani haqida yozdi.

Xabarda ta'kidlanishicha, germaniyalik mutaxassis Kunderini 30 million yevrodan yuqori taklif tushsa, klubdan ketishiga qarshi bo'lmaydi. Biroq bu ma'lumot haqiqatdan ko'ra 1-aprel haziliga ko'proq o'xshaydi.

Sababi Transfermarkt 27 yoshli Kunderini ancha qimmat, 65 million yevroga baholagan. Shuningdek, xabarda «Barselona» Kunderining o'rnini «Kristal Pelas» futbolchisi Daniyel Munyos bilan to'ldirishi mumkinligi qayd etildi.

Kolumbiyalik futbolchi uch markaziy himoyachili tizimda o'ng qanot bo'ylab to'liq ishlashi, ya'ni himoya va hujumda birdek faolligi bilan ajralib turadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Kundeni 30 million yevroga qo'yib yuborishi mumkin