
A Seriya 15-turida Milaning "Inter" jamoasi safarda "Jenoa"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdan so'ng "neradzurrilar" sardori Lautaro Martines o'yin va turnir jadvalidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
Argentinalik hujumchi 38-daqiqada gol urib, jamoasining ustunligini ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo'limda genuyaliklar bir gol bilan javob qaytardi, biroq mag'lubiyatdan qutula olmadi.
Raqiblarining ochko yo'qotishidan unumli foydalangan "Inter" yana turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi. "Men uchun gol urish va jamoaga yordam berish juda muhim.
Bugungi o'yindan mamnunman. Jadvalda yana birinchi o'ringa qaytish biz uchun katta ahamiyatga ega.
Bunga mehnat, sabr va izchil ishlash orqali erishdik. Boshqalar biz haqimizda nima desa ham, biz faqat o'zimizga e'tibor qaratamiz va muxlislarimizni xursand qilishni istaymiz", dedi Martines.
Kristian Kivu boshqaruvidagi jamoa 15 turdan so'ng 33 ochko jamg'ardi. Uning ortidan "Milan" 32, "Napoli" esa 31 ochko bilan bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.