Runjaich: Tanqidchilarga maydonda munosib javob berdik

Runjaich: Tanqidchilarga maydonda munosib javob berdik
Italiya A Seriyasining 15-turida "Udineze" amaldagi chempion "Napoli"ni mag'lub etib, kutilmagan natijaga erishdi. Uchrashuvdan so'ng friuliyaliklar bosh murabbiyi Kosta Runjaich o'yin haqida fikr bildirdi.

""Jenoa"ga qarshi mag'lubiyatdan keyin jamoamdan reaksiyani kutgandim va biz, mening nazarimda, ko'pincha asossiz bo'lgan tanqidchilarga javob bera oldik. Diskvalifikatsiyadan so'ng qaytib, bu g'alabani jamoa bilan maydon chetida birga nishonlashim yoqimli", — deya Runjaichning so'zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.

Ushbu g'alaba evaziga "Udineze" A Seriya turnir jadvalida 10-o'ringa ko'tarildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar