date

Holand «Manchester Siti»da Ronaldudan ko'proq gol urdi


O'tgan dam olish kunlari Erling Holand yana o'zini ko'rsatdi. Norvegiyalik hujumchi «Kristal Pelas» darvozasiga ikki gol urdi, «Manchester Siti» esa 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bu natija Holand uchun ramziy jihatdan ham muhim bo'ldi. U «Manchester Siti» safidagi faoliyati davomida barcha musobaqalar doirasida 146-golini urdi.

Shu tariqa Holand «Manchester Yunayted»da o'ynagan Krishtianu Ronalduning 145 gollik ko'rsatkichini ortda qoldirdi. E'tiborlisi, Holand bu marraga atigi 168 o'yinda yetdi.

Ronaldu esa «Manchester Yunayted» safida 145 golni 346 uchrashuvda urgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Holand «Manchester Siti»da Ronaldudan ko'proq gol urdi