
Madridning “Real” klubi yakshanba kuni “Alaves”ga qarshi o'yinda 19 yoshli himoyachi Viktor Valdepenyasni asosiy jamoa safida ilk bor maydonga tushirdi. U 78-daqiqagacha o'ynab, “qaymoqranglilar”ning safardagi 2:1 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi.
E'tiborlisi, Valdepenyas Xabi Alonso bosh murabbiyligidagi davrda klub akademiyasidan yetishib chiqqan futbolchilar orasida asosiy jamoada debyut qilgan birinchi o'yinchi bo'ldi. Bungacha u “Real”ning katta jamoasida hatto zaxiradan ham o'yinga tushmagan.
Xabi Alonso joriy yil yoz boshida “Real” boshqaruvini qabul qilib oldi. U Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangan Karlo Anchelottining o'rnini egalladi.
Madridliklar chorshanba kuni Ispaniya Kubogida “Talavera”ga qarshi bahs o'tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.