
Hujumchi Dushan Vlahovich kelasi yili "Yuventus"ni tark etishga yaqin. Transfer News Live nashri Ispaniyaning Sport manbasiga tayanib xabar berishicha, "Barselona" serbiyalik futbolchiga bo'lgan qiziqishini bir necha sababga ko'ra susaytirgan.
Kataloniyaliklar bir tomondan Vlahovichning o'yin sifati borasida ikkilanyapti, boshqa tomondan esa uning mavsumiga 12 million yevrolik maosh talabi muzokaralarda asosiy to'siq bo'lib turibdi. Vlahovichni tarkibiga qo'shib olish imkoniyati "Milan"da ancha yuqori ekani ta'kidlanmoqda.
Serbiyalik forvard A Seriyasidagi bir grand klubdan boshqasiga ko'chib o'tishi mumkin. Dushan Vlahovich 25 yoshda.
Transfermarkt portali uni 35 million yevroga baholagan, biroq yozda u erkin agent sifatida bepul transfer qilinishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.