
Belgiya yarim himoyachisi Aleksis Salemakers "Milan" bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi. Yangi kelishuv futbolchining maoshini ham sezilarli darajada oshirdi.
Salemakers bu voqeaga munosabat bildirib, "Rossonerilar, bugun men uchun muhim kun. Bu klubda o'ynayotganimdan qalbim faxrga to'ldi.
Shu yillar davomida jamoa bilan ko'plab unutilmas lahzalarni boshdan kechirdim. Hatto ijarada bo'lgan paytimda ham ruhan "Milan" bilan qolganman va klubga yanada chiniqib qaytdim", dedi.
Uning so'zlarini pianetamilan.it keltirdi. Salemakers 2020 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Hozirda klub A Seriyada ikkinchi o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.