date

Lotar Matteus Upamekano va Shlotterbekni solishtirdi


Germaniya terma jamoasi hamda Myunxenning “Bavariya” klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus ikki markaziy himoyachi – Dayo Upamekano va Niko Shlotterbekning o'yinini taqqosladi. Matteusning ta'kidlashicha, Upamekano so'nggi paytlarda Myunxenda sezilarli darajada o'sishga erishgan, Shlotterbek esa Dortmundning “Borussiya”sida ham rivojlanishda davom etgan.

Shunga qaramay, Matteus Upamekanoni biroz tezroq va barqarorroq o'ynayotgan futbolchi sifatida ajratib ko'rsatdi. Uning fikricha, Shlotterbek so'nggi uchrashuvlarda xatolarga yo'l qo'ya boshlagan.

“Tanlashga to'g'ri kelsa, men Dayoni afzal ko'raman”, – deya Matteusning so'zlarini Sky Sport keltirdi. Bundesliganing 14-turi yakunlariga ko'ra, “Bavariya” turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi, Dortmundning “Borussiya”si esa uchinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lotar Matteus Upamekano va Shlotterbekni solishtirdi