
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoani tark etishi mumkin. Topskills Sports UK xabariga ko'ra, klub rahbariyati u bilan xayrlashish haqida qaror qabul qilsa, mutaxassis bunga e'tiroz bildirmaydi.
Manbada ta'kidlanishicha, hozirda murabbiy va rahbariyat o'rtasida transfer siyosati borasidagi kelishmovchiliklar sababli jiddiy taranglik yuzaga kelgan. Xususan, Mareska «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynuni xarid qilishni so'ragan, biroq klub bu taklifni rad etgan.
Avvalroq Mareskaning «Chelsi»dagi ehtimoliy o'rinbosari kim bo'lishi mumkinligi haqida ma'lumotlar ham paydo bo'lgan. Kadrlar o'zgarishi yanvar oyida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Ayni paytda APLning 16-turidan so'ng «ko'klar» 28 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.