
Italiyaning "Fiorentina" klubida jamoa futbolchilari o'rtasida katta mojaro yuzaga kelgani haqida xabar tarqaldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Flavio Onyissanti ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, klub bazasida ismlari oshkor etilmagan futbolchilar o'rtasida mushtlashuv bo'lgan. Qayd etilishicha, o'yinchilarning bir qismi "binafsharanglar" safini tark etishga tayyor va agentlariga o'zlari uchun yangi klub topish bo'yicha topshiriq bergan.
"Fiorentina" Italiya chempionatining joriy mavsumida omadsiz ishtirok etmoqda. Florensiyaliklar A Seriyada hali biror marta ham g'alaba qozonmagan va 6 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida bormoqda.
Klub navbatdagi uchrashuvini 21 dekabr kuni "Udineze"ga qarshi o'tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.