date

Barselona Dushan Vlahovich transferidan voz kechdi


Kataloniyaning “Barselona” klubi serbiyalik markaziy hujumchi Dushan Vlahovichni safiga qo‘shib olish rejasidan voz kechdi. Sport.es xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati Turin “Yuventus”i futbolchisini transfer qilish variantini ko‘rib chiqib, yakunda bu kelishuvdan chekinishga qaror qilgan.

25 yoshli Vlahovich 2022 yil yanvaridan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib keladi. Hujumchining turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Joriy A Seriya mavsumida Dushan 13 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Dushan Vlahovich transferidan voz kechdi