Syomin Chempionlar Ligasi finalchilari sifatida Arsenal va PSJni atadi

Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobiq bosh murabbiyi Yuriy Syomin OAV bilan suhbatda 2025/2026 yilgi mavsum UEFA Chempionlar Ligasi finalida qaysi jamoalar to'qnash kelishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Mutaxassis “Sport-Ekspress”ga bergan izohida finalga asosiy da'vogar sifatida ikki klubni ajratib ko'rsatdi: “Arsenal” va PSJ.
Syominning ta'kidlashicha, agar qur'a tashlash ularni finalgacha bir-biriga ro'baro' qilmasa, aynan shu jamoalar turnirning hal qiluvchi uchrashuvida maydonga tushadi. Eslatib o'tamiz, Parij klubi UEFA Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi.
Joriy musobaqaning umumiy bosqichida olti turdan so'ng “Arsenal” 18 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. PSJ 13 ochko jamg'argan va uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing