date

Laporta Negreyra ishi bo'yicha ayblovlarga munosabat bildirdi


“Barselona” prezidenti Joan Laporta Negreyra ishi yuzasidan yana bir bor bayonot berdi. Uning ta'kidlashicha, klub atrofidagi shov-shuvlar Kataloniya jamoasi obro'siga ataylab putur yetkazishga qaratilgan.

Laporta “Barselona” hech qachon hakamlikka ta'sir o'tkazish orqali sport ustunligiga erishishni ko'zlamaganini qayd etdi. Uning aytishicha, klub musobaqalar natijalarini boshqarish yoki ularni manipulyatsiya qilishga qaratilgan hech qanday harakat qilmagan.

“Klub hech qachon musobaqa jarayoniga ta'sir qilish va ustunlik olish uchun hech qanday ish qilmagan. Ko'rinib turibdiki, bu klub obro'siga zarar yetkazishni ko'zlagan rejalashtirilgan kampaniyadir”, — deya Laportaning so'zlarini Cadena SER keltirdi.

Klub rahbari sud jarayonidan bosim va obro'sizlantirish vositasi sifatida foydalanilayotganini, shu orqali jamoa tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birini shubha ostiga qo'yish maqsadi ko'zlanayotganini bildirdi. Laporta o'sha yillardagi yutuqlar maydondagi sifatli futbol va g'alabalar evaziga qo'lga kiritilganini, maydon tashqarisidagi omillar bilan bog'liq emasligini ta'kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Negreyra ishi bo'yicha ayblovlarga munosabat bildirdi