
«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoa safidagi 100-o'yinini o'tkazdi. Yosh ispaniyalik Ispaniya kubogi doirasida «Deportivo Gvadalaxara»ga qarshi bahsda tanaffusdan so'ng zaxiradan maydonga tushib, Mark Bernalning o'rnini egalladi.
E'tiborlisi, Kubarsi «ko'k-anorranglilar» libosida 100 o'yinlik marraga 18 yoshidayoq yetdi. U kelasi oy 19 yoshga to'ladi.
Kubarsining «Barselona»dagi debyuti 2024 yil yanvarida Xavi Ernandes qo'l ostida bo'lib o'tgan. O'sha uchrashuv ham Ispaniya kubogida o'ynalgan va raqib «Unionistas» edi.
Himoyachi «Barselona» safida o'yinlarda hozircha 1 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.