Davide Kalabriya: Milan Skudetto uchun kurasha oladi

«Milan»ning sobiq himoyachisi va sardori Davide Kalabriya klub yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri qo'l ostida A Seriya chempionligi uchun real da'vogar bo'la olishini ta'kidladi. Eslatib o'tamiz, Allegri Italiya futbolining so'nggi davridagi eng muvaffaqiyatli mutaxassislardan biri hisoblanadi.
«Albatta, shubhasiz, “Milan” Skudetto uchun da'vogar. Ular nihoyat jamoani yanada jipslashtira oladigan shaxsni topishdi.
Allegri tabiatan g'olib», — deya Kalabriyaning so'zlarini Rivista Undici nashri keltiradi. «Milan» oxirgi bor 2022 yilda Italiya chempioni bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing