date

Luis Enrike: "Flamengo" final oldidan yaxshi formada


PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Qit'alararo kubokning hal qiluvchi uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. 17 dekabr kuni parijliklar braziliyalik "Flamengo"ga qarshi maydonga tushadi.

"O'tgan mavsumda maqsadimiz Parij bilan tarix yaratish edi. Bu mavsumda ham tarix yaratishda davom etish — bosh maqsad", — deya Enrikening so'zlarini keltiradi The Peninsula.

Mutaxassis finalda maksimal diqqat talab etilishini ta'kidladi: "Biz hamma narsaga tayyor bo'lishimiz, uchrashuv davomida to'liq jamlanib o'ynashimiz kerak. Har bir harakat muhim va hal qiluvchi bo'lishi mumkin.

Biz tayyormiz. Bu mavsumda ham jamoa o'z ishiga o'tgan mavsumdagidek munosabat ko'rsatayotganini ko'ryapman".

Enrike raqib haqida ham iliq fikr bildirdi: "Flamengo" yaxshi formada, ular ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. Ularning o'yin uslubi menga yoqadi.

Bu mavsum Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi o'yinlarini eslayman — bir nechta ajoyib uchrashuv o'tkazishdi. Bu to'p bilan ham, to'psiz ham yuqori darajadagi jamoa".

Uchrashuv 20:00 (Moskva vaqti)da boshlanadi. PSJ finalga UEFA Chempionlar Ligasi g'olibi sifatida avtomatik tarzda yo'l oldi, "Flamengo" esa Meksika va Misr klublarini mag'lub etib, hal qiluvchi o'yin yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: "Flamengo" final oldidan yaxshi formada