
Fransiyalik markaziy himoyachi Dayo Upamekano va Myunxenning «Bavariya» klubi o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Jurnalist Filipp Kesslerning xabar berishicha, futbolchi agentlari yangi bitimga 65 million yevrolik tovon puli bandini kiritishni istamoqda.
Mazkur band 2028 yildan kuchga kirishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Upamekano yangi shartnoma imzolashi uchun sezilarli miqdorda bonus talab qilayotgani avval ham tilga olingan.
Talablar ko'pligiga qaramay, «Bavariya» rahbariyatida muzokaralar ijobiy yakunlanishiga umid saqlanib qolmoqda va tomonlar kelishuvga erishishiga ishonch bildirilmoqda. 27 yoshli himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.
Futbolchiga Madridning «Real» klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.