date

PSJ Mbappening qarzini 100 mln yevrodan oshirishi mumkin


Kilian Mbappe vakillarining RMC Sport’ga ma’lum qilishicha, PSJ futbolchiga to‘lashi kerak bo‘lgan umumiy summa 100 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin. Avvalroq Parij sudi klubning futbolchiga nisbatan da’volarini to‘liq rad etib, parijliklarni hujumchiga qariyb 61 million yevro miqdoridagi qarzdorlikni to‘lashga majbur qilgan.

Bu summa Mbappening Madridning “Real” klubiga erkin agent sifatida o‘tishidan oldingi davrga tegishli. Futbolchining yuristlari bahosiga ko‘ra, to‘lanmagan bonuslar va maoshlar ham inobatga olinsa, klubning umumiy qarzi 100 million yevrodan ham oshib ketishi mumkin.

Biroq soliqlar va ijtimoiy ajratmalar sabab Mbappening qo‘liga ancha kam mablag‘ tushadi — taxminan 25–26 million yevro. Qayd etilishicha, bundan avval Mbappe PSJdan 253 million yevro talab qilgani, klub esa futbolchiga nisbatan qarshi moliyaviy da’volar bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Mbappening qarzini 100 mln yevrodan oshirishi mumkin