
«Al-Nasr» himoyachisi Mohamed Simakan jamoaning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Simakan so'zlariga ko'ra, u faoliyatining boshida kimdir «Ronaldu bilan birga o'ynaysan» desa, bunga ishonmagan bo'lardi.
«Biz turli avlod vakillarimiz. Men futbolga kirib kelgan paytim, u esa allaqachon faoliyatining yakuniga yaqinlashayotgan edi», dedi futbolchi.
Himoyachi Ronaldu undan talab qiladigan intizom, mehnat va yetakchilik darajasini «nihoyatda yuqori» deya ta'kidladi. «Rostini aytsam, u menga intizom, ishga munosabat va liderlik borasida berayotgan narsalari aql bovar qilmaydi.
Krishtianu menga juda ko'p maslahat beradi», deydi Simakan. Goal nashri The Nassr Zone manbasiga tayanib keltirgan ma'lumotga ko'ra, 40 yoshli Ronaldu bilan «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.