
Turkiya Superligasida mavsum davomida 18 klubdan 12 tasida bosh murabbiylar almashdi. Trendyol Superlig e'lon qilgan bu raqam mahalliy klublar rahbariyatining sabri qanchalik qisqa ekanini yaqqol ko'rsatadi.
Ishidan bo'shatilgan mutaxassislar orasida portugaliyalik Joze Mourinyo ham bor. U keyinchalik "Fenerbahche"dan "Benfika"ga o'tdi.
Shuningdek, "Beshiktosh"dan bo'shatilgan norvegiyalik Ule Gunnar Sulsher hozircha yangi ish topgani yo'q. Ayni paytda "Fenerbahche" chempionatda ikkinchi, "Beshiktosh" esa beshinchi o'rinda bormoqda.
Qayd etilishicha, ishdan olingan murabbiylar o'rniga tayinlangan 12 mutaxassisning uchtasi ham ko'p o'tmay lavozimini tark etgan. Mavsum oxirigacha qancha murabbiy o'z o'rnini saqlab qola olishi hozircha noma'lum.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.