
Italiyaning “Milan” klubi darvozaboni Mayk Menyang 2021 yildan beri jamoa safida to'p suradi va ilk mavsumidayoq A Seriya chempionligini qo'lga kiritgan. Shunga qaramay, “Milan” yana chempionlik uchun asosiy da'vogarlar qatorida borayotgan bir paytda ham Menyang 2022 yilgi muvaffaqiyat bilan hozirgi vaziyatni qiyoslashdan qochmoqda.
“Bunday taqqoslashlarni qila olmayman, bu bir necha yil avval bo'lgan. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman va jamoaga yordam berishni istayman.
Biz g'alabalar sari intilamiz, biz uchun muhimroq yoki kamroq muhim turnirlar yo'q. Hammasi muhim”, — deya Menyangning so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Ayni paytda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.