Nunu Mendesh Safonovning to'rtta penalti qaytargan o'yinini baholadi

PSJning portugaliyalik himoyachisi Nunu Mendesh Qit'alararo kubok doirasida "Flamengo"ga qarshi uchrashuvda jamoa darvozaboni Matvey Safonov ko'rsatgan o'yin haqida fikr bildirdi. "Qiyin o'yin bo'ldi.
G'alabadan keyin jamoa Matveyga minnatdorlik bildirdi. U bu bahsda o'z darajasini namoyon etdi.
Uning uchun xursandman. Biz uning jamoamizda ekanidan mamnunmiz.
Safonov bizni qutqarib qoldi, u to'rtta zarbani qaytardi", dedi Mendesh Canal Supportersga. PSJ va "Flamengo" o'rtasidagi asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi.
Penaltilar seriyasida fransuz klubi aniqroq harakat qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Safonov to'rtta penaltini qaytardi hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing