
Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Andrey Arshavin qit'alararo kubokdan so'ng darvozabon Matvey Safonovga murojaat qildi. Rossiya terma jamoasi ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilingan videoda Arshavin shunday dedi: «Matvey, seni ilk poker bilan tabriklayman.
Yana bir xalqaro sovrin bilan ham tabriklayman. Yevropani zabt etishda davom et va ularga rus tilini o'rgat.
Omad tilayman». Qatar mezbonlik qilgan uchrashuvda «PSJ» va «Flamengo» asosiy vaqtni 1:1 hisobida yakunladi.
Penaltilar seriyasida Luis Enrikening shogirdlari aniqroq harakat qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Safonov 11 metrlik nuqtadan yo'llangan to'rtta zarbani qaytardi hamda o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.