Sunes Bruno Fernandeshning asosiy kamchiligi haqida gapirdi

Shotlandiyalik taniqli murabbiy Greym Sunes «Manchester Yunayted» markaziy yarim himoyachisi Bruno Fernandeshning mahoratini yuqori baholadi va uning asosiy kamchiligi nimada ekanini ham aytib o'tdi. «U eng iste'dodli futbolchi, ammo unda kamchiliklar ham bor.
Hali-hanuz menga uning doim qo'llarini siltab, boshqalarga nima qilish kerakligini ko'rsatib turishi yoqmaydi. Bu biroz asabiylashtiradi», — deya Sunesning so'zlarini keltiradi The Daily Mail.
Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi «qizil iblislar» safida barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Yakshanba kuni mankunianlar safarda «Aston Villa»ga qarshi bahs o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing