Nunu Mendesh Dembele o'yinini baholadi: u eng yaxshi holatda emasdi

PSJning qanot himoyachisi Nunu Mendesh Qit'alararo kubok finalida «Flamenqo»ga qarshi kechgan uchrashuvda Usmon Dembelening o'yini haqida fikr bildirdi. Parijliklar vingeri maydonga uchrashuvning so'nggi daqiqalarida tushdi, biroq asosiy vaqtda jamoasiga g'alaba keltira olmadi — o'yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi o'z imkoniyatidan foydalana olmadi. «Menimcha, gap davrda emas, shunchaki bitta o'yinda.
U eng yaxshi holatda emasdi, imkoniyatlarining cho'qqisida bo'lmadi. Men yana shuni ham o'ylaymanki, u jarohatdan tiklanmoqda, garchi bu oqlov bo'lmasa ham», — deya Mendeshning so'zlarini RMC Sport keltiradi.
Dembelening omadsiz o'yiniga qaramay, PSJ trofeyni qo'lga kiritdi: penaltilar seriyasida Matvey Safonov to'rtta zarbani qaytarib, jamoasini g'alabaga olib chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing