
Rossiya terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobiq bosh murabbiyi Yuriy Syomin “PSJ” darvozaboni Matvey Safonovning so‘nggi o‘yindagi muvaffaqiyatli harakatlari haqida fikr bildirdi. Fransiya klubi Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi, Safonov esa o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytardi.
“Buyuk Yashin bilan qiyoslanishga loyiq bo‘lish uchun Matveyda hali juda ko‘p vaqt bor. Agar u munosib o‘ynab, sovrinlar yutsa, bir payt kelib biz ‘buyuk Safonov’ deya olamiz”, — deya Syominning so‘zlarini Gazeta.ru keltirdi.
Safonov joriy mavsumda deyarli maydonga tushmagan edi. Biroq uning raqobatchisi Shevalyeninng jarohati, shuningdek, mazkur darvozabonning unchalik ishonchli bo‘lmagan o‘yinlari rossiyalik futbolchining ketma-ket to‘rtinchi uchrashuvda maydonga tushishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu to‘rt o‘yinda u ikki bor darvozasini daxlsiz saqladi va jami uchta gol o‘tkazib yubordi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.