date

Arsenal Timber bilan yangi shartnoma tuzilishiga ishonmoqda


Londonning Arsenal klubi o'ng qanot himoyachisi Yurryen Timber bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Saymon Kollins ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Kollinsning yozishicha, klub Timber bilan yangi bitim yuzasidan kelishuvga yaqin va muzokaralarni olib borayotgan Andrea Berta jarayonni muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Eslatib o'tamiz, Timber joriy mavsumda Arsenalning eng muhim va deyarli almashtirib bo'lmas futbolchilaridan biri hisoblanadi.

U barcha rasmiy turnirlarda 22 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. 24 yoshli himoyachi Arsenal safida uchinchi yilini o'tkazmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal Timber bilan yangi shartnoma tuzilishiga ishonmoqda