Garri Keyn 2025 yildagi eng yoqimli futbol onini aytdi

Garri Keyn 2025 yildagi eng yoqimli futbol onini aytdi
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn 2025 yil davomida o'zi uchun eng yaxshi futboliy lahza qaysi bo'lganini ma'lum qildi. «O'ylaymanki, 2025 yildagi eng yoqimli futbol onim Bundesligadagi g'alaba bo'ldi.

Birinchi sovrinni, aniqrog'i, faoliyatimdagi ilk jamoaviy trofeyni qo'lga kiritish ajoyib tuyg'u va men, jamoadoshlarim, shuningdek, do'stlarim hamda oilam uchun alohida lahza bo'ldi. Ishni oxirigacha yetkazganimiz juda yoqimli bo'ldi», — dedi Keyn.

Uning so'zlarini Goal portali Cleats Club’ga tayanib keltirdi. Hozirda «Bavariya» Bundesliga turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

Myunxenliklar ikkinchi o'rindagi «RB Leyptsig»dan sakkiz ochko oldinda. 21 dekabr kuni yilning so'nggi o'yinida «Bavariya» safarda «Haydenhaym»ga qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar