
PSJ darvozaboni Matvey Safonov FIFAning Qit'alararo kubogi finalida «Flamengo»ga qarshi o'yindagi ishonchli harakati bilan jamoada asosiy darvozabon bo'lish huquqini qo'lga kiritdi. Bu fikrni Moskvaning «Spartak» klubi sobiq himoyachisi Eduard Mor bildirdi.
U avval bunday ssenariyga ishonmaganini ham yashirmadi. «Endi Safonov PSJning birinchi raqami bo'lishiga umid qilaman.
Finalgacha uning o'yiniga jiddiy e'tiroz yo'q edi, ammo men har qanday holatda ham Shevalye qaytib kelib, asosiy bo'ladi, deb o'ylagandim», dedi Mor «Match TV» efirida. Ekspertning ta'kidlashicha, avval ustunlik Shevalye tomonida edi.
Chunki u aynan jamoani tark etgan Janluiji Donnarumma o'rniga aniq variant sifatida olib kelingan. Biroq Mor fikricha, finaldan keyin ikki darvozabonning asosiy tarkibdagi o'rin uchun imkoniyatlari tenglashdi.
Bu esa PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikening tanlovini yanada murakkablashtirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.