
Kataloniyaning Barselona klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Teamtalk xabariga ko'ra, londonlik Tottenhem nemis golkiperini o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Manbaga binoan, Barselona ter Shtegenni sotish ehtimolini ham istisno qilmayapti, biroq hozircha tomonlar o'rtasida aniq muzokaralar o'tkazilmagan. Ter Shtegen 2014 yil yozidan beri Barselona safida to'p surib keladi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 7 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.