Yegor Titov Bolonya – Inter uchrashuvi uchun prognoz berdi

Yegor Titov Bolonya – Inter uchrashuvi uchun prognoz berdi
Italiya Superkubogi yarim finalida Milanning «Inter» jamoasi «Bolonya»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs oldidan sobiq «Spartak» futbolchisi Yegor Titov o'z prognozini bildirdi.

Titovning fikricha, uchrashuv sermahsul kechmasligi mumkin. U «2,5 tadan kam gol» variantini tanlab, o'yinda hissiyotlar, kurash va ogohlantirishlar ko'p bo'lishini ta'kidladi.

Ekspert, shuningdek, bahs taqdirini bitta gol hal qilishi ehtimolini istisno etmadi. U bunga misol sifatida bahordagi so'nggi o'yinni keltirdi: o'shanda «Bolonya» 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

«Bolonya» – «Inter» uchrashuvi bugun, 19 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Bellashuv Moskvа vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar