date

«Manchester Siti» Markaziy Osiyoda ilk hamkorini O‘zbekistondan topdi

«Manchester Siti» Markaziy Osiyoda ilk hamkorini O‘zbekistondan topdi

Angliyaning nufuzli klubi — «Manchester Siti» Markaziy Osiyo bozoriga ilk bor rasmiy qadam tashladi. 19-dekabr kuni «shaharliklar» O‘zbekistonning eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi Artel Electronics bilan strategik hamkorlik shartnomasi imzolanganini ma’lum qildi.

Klub rasmiy manbalarida ta’kidlanishicha, ushbu kelishuv «Manchester Siti» uchun mintaqadagi birinchi hamkorlik bo‘lib, u nafaqat tijoriy, balki ijtimoiy va sport yo‘nalishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu jarayon O‘zbekiston futbolining jadal rivojlanayotgan davriga to‘g‘ri kelayotgani alohida qayd etildi.

Hamkorlik doirasida kelgusida qator yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, brendga oid tadbirlar, futbolga ixtisoslashgan maxsus dasturlar, shuningdek, mintaqa bo‘ylab «Manchester Siti» muxlislari uchun turli interaktiv faoliyatlar tashkil etilishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, Artel bilan tuzilgan ushbu kelishuv «Manchester Siti»ning global strategiyasida yangi bosqichni boshlab berishi barobarida, O‘zbekiston brendining xalqaro maydondagi nufuzini ham yanada oshirishi mumkin. Bu hamkorlik mahalliy muxlislar uchun katta futbolni yanada yaqinlashtirishi, yoshlar uchun esa yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» Markaziy Osiyoda ilk hamkorini O‘zbekistondan topdi