Gabriyel jarohatdan keyin maydonda mashg'ulotlarni boshladi

Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Gabriyel dos Santos noyabr oyida olgan jarohatidan so'ng yana maydonda mashg'ulotlarga qaytdi. Bu haqda «to'pchilar» bosh murabbiyi Mikel Arteta ma'lum qildi.
Artetaning ta'kidlashicha, futbolchi odatdagidek tinimsiz mehnat qilmoqda va tiklanish jarayoni ijobiy kechmoqda. «U har doimgidek qattiq shug'ullanmoqda va juda yaxshi o'sish ko'rsatmoqda.
U maydonda mashg'ulot o'tayapti, demak, maqsaddan unchalik uzoqda emas. Reabilitatsiyaning keyingi bosqichlarida uning qay darajada oldinga siljishini kuzatishimiz kerak, biroq kayfiyatimiz ancha ijobiy», — dedi Arteta klubning rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, Gabriyel noyabr oyidagi xalqaro tanaffus paytida Braziliya terma jamoasi safida o'ynagan uchrashuvda jarohat olgandi. Uning yo'qligida «Arsenal» tarkibida Piero Inkapiye maydonga tushdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing