Atletiko Leon Goretskani yozgi transferga ko'zlamoqda

Madridning "Atletiko" klubi kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish variantlarini o'rganmoqda. AS nashri xabariga ko'ra, "matraschilar" "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretskaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Klub uni yozgi transfer oynasida safga qo'shib olishi mumkin. Qayd etilishicha, Goretskani yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritish ehtimoli yuqori.
Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan, uning klub bilan munosabatlari esa eng yaxshi darajada emas. Myunxen klubi shartnomani uzaytirish uchun katta mablag' sarflashga tayyor emas.
30 yoshli Goretska "Yuventus" va "Napoli"ning ham qiziqish doirasida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing