date

The Guardian Dembeleni 2025 yilning eng yaxshisi deb topdi

The Guardian Dembeleni 2025 yilning eng yaxshisi deb topdi

Britaniyaning nufuzli The Guardian nashri 2025 yil uchun dunyodagi eng yaxshi 100 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Reyting jurnalistlar, amaldagi murabbiylar va sobiq professional futbolchilarning ovozlari asosida tuzilgan bo‘lib, yil yakunlari bo‘yicha futbol olamidagi asosiy kuchlar yana bir bor saralab chiqildi.

Nashr xulosasiga ko‘ra, 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb PSJ vingeri Usmon Dembele e’tirof etildi. Fransiyalik hujumchi yil davomidagi barqaror o‘yini, hal qiluvchi harakatlari va jamoasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan raqobatchilarini ortda qoldirdi. Mutaxassislar uning tezligi, driblingi va o‘yin taqdirini hal qilish qobiliyatini alohida ta’kidlamoqda.

The Guardian e’lon qilgan top-10 ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish oldi:
10-o‘rin — Pedri («Barselona»),
9-o‘rin — Muhammad Saloh («Liverpul»),
8-o‘rin — Rafinya («Barselona»),
7-o‘rin — Ashraf Hakimi («PSJ»),
6-o‘rin — Erling Holand («Manchester Siti»),
5-o‘rin — Harri Keyn («Bavariya»),
4-o‘rin — Kilian Mbappe («Real»),
3-o‘rin — Vitinya («PSJ»),
2-o‘rin — Lamin Yamal («Barselona»),
1-o‘rin — Usmon Dembele («PSJ»).

Reytingda yana bir qator taniqli yulduzlar ham o‘rin olgan. Masalan, Koul Palmer 12-pog‘onadan, Xvicha Kvaratsxeliya 14-o‘rindan, Deklan Rays 15-o‘rindan joy olgan. Jud Bellinghem 18, Vinisius Junior 22, Lionel Messi 34, Krishtianu Ronaldu esa 51-pog‘onada qayd etilgan. «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 55-o‘rin bilan cheklandi.

Qayd etish joizki, Usmon Dembele bugungi natija bilan cheklanib qolmagan. U avvalroq «Oltin to‘p» hamda The Best mukofotlarini ham qo‘lga kiritib, 2025 yilni shaxsiy faoliyatidagi eng yorqin mavsumlardan biriga aylantirdi. Dembele uchun bu yil — haqiqiy yulduzli yil bo‘ldi, deyish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Guardian Dembeleni 2025 yilning eng yaxshisi deb topdi