Tottenhem darvozabon Vikario bo'yicha qarorini ma'lum qildi

Tottenhem darvozaboni Gulyelmo Vikario joriy mavsumdagi o'yinlari uchun tanqidlarga uchramoqda. OAVda qishki transfer oynasidayoq jamoaga yangi asosiy darvozabon olib kelinishi mumkinligi haqida gap-so'zlar kuchaygan edi, biroq “shporlar” bunday reja tuzmagan ko'rinadi.
Jurnalist Mett Lou xabariga ko'ra, Tottenhem yanvar oyida italiyalik posbonga o'rinbosar yoki raqobatchi darvozabon sotib olish niyatida emas. Kutilishicha, 29 yoshli futbolchi kamida mavsum yakunigacha londonliklar asosiy tarkibidagi o'rnini saqlab qoladi.
Vikario bu mavsum Tomas Frank boshqaruvidagi jamoa safida 23 uchrashuvda maydonga tushib, 30 gol o'tkazib yuborgan. Darvozabonning Tottenhem bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing